9 ta viloyatda o‘simlik yog‘i narxi pasaygani ma'lum qilindi
9 ta viloyatda o‘simlik yog‘i narxlarining pasayishi kuzatilmoqda. Biroq Toshkent shahri doxil qolgan 5 ta hududda bu mahsulot narxi hamon oshmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kuzatuvlarida shunday xulosaga kelingan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 28 apreldan 5 mayga qadar O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining viloyatlar, tumanlar va shaharlar bo‘yicha o‘zgarishini tahlil qildi.
O‘simlik yog‘i qaysi hududlarda oshgani va tushgani haqida
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, hafta oxiriga kelib, respublikada bir litr o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narxi 0,5 foizga pasayib, 19 ming 104 so‘mni tashkil etdi.
O‘rtacha narxlar diapazoni Andijon viloyatida bir litr uchun 17 ming 218 so‘m, Toshkent shahrida 20 ming 596 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib bordi.
9ta viloyatda o‘simlik yog‘i narxlarining pasayishi kuzatilmoqda. Eng yuqorisi – Navoiy (2,4 foizga) va Samarqand (2,2 foizga) viloyatlarida qayd etildi.
Tumanlar tarkibida o‘simlik yog‘i narxining bir litri uchun eng katta pasayish Vobkent (8,3 foiz), To‘rtko‘l (6,3 foiz), Jomboy (5,5 foiz), Ellikqal'a (5,4 foiz), Paxtachi (5,1foiz), Mirzacho‘l (5 foiz) tumanlarida kuzatilgan.
Hafta davomida narxlar 5ta viloyatda oshdi, ulardan eng balandi Sirdaryo (1,6 foizga), Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga (0,7 foizga) to‘g‘ri keladi.
Boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlaridagi o‘zgarishlar
O‘tgan haftada respublikada o‘rtacha narxlarning o‘sishi:
- mol go‘shti 0,4 foizga, kilosi 61 ming so‘mgacha;
- kartoshka 1,6 foizga, kilosi 4 ming 655 so‘mgacha;
- tuxum 0,1 foizga, o‘ntasi 10 ming 761 so‘mgacha;
- bug‘doy uni 0,1 foizga, kilosi 4 ming 839 so‘mgacha;
- shakar 0,5 foizga, kilosi 8 ming 309 so‘mgacha qayd etildi.
Hududlar kesimida eng yuqori narx o‘sishi:
- mol go‘shti – Navoiy (1,7 foiz) va Surxondaryo (1,8 foiz) viloyatlarida;
- sut – Toshkent shahrida (0,8 foiz);
- tuxum – Toshkent viloyati (1,1 foiz) va Qoraqalpog‘istonda (0,8 foiz);
- kartoshka – Xorazm (7,9 foiz), Toshkent (6,1 foiz), Samarqand (4,2 foiz) viloyatlarida;
- guruch – Sirdaryo (0,9 foiz) va Toshkent (0,8 foiz) viloyatlarida;
- bug‘doy uni Andijon (3,5 foiz) va Xorazm (1,4 foiz) viloyatlarida;
- shakar – Surxondaryo viloyatida (3,3 foiz), Toshkent shahrida (1,8 foiz) kuzatildi.
Respublikada hafta davomida o‘rtacha narxlarning pasayishi:
- sut (0,2 foizga, litriga 6 ming 102 so‘mgacha):
- guruch (0,1 foizga, kilosiga 10 169 gacha):
- o‘simlik yog‘ida (0,5 foizga, litriga 19 ming 104 so‘mgacha) qayd etildi.
Hududlar kesimida narxlarning eng katta pasayishi:
- mol go‘shti – Toshkent shahrida (0,5 foiz), Qoraqalpog‘istonda (0,2 foiz);
- sut – Buxoro (2,4 foiz), Samarqand (2,2 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonda (2,3 foiz);
- tuxum – Jizzax (1,4 foiz), Andijon (0,7 foiz), Samarqand (0,5 foiz) viloyatlarida;
- kartoshka – Andijonda (2,7 foizga), Buxoroda (2,2 foizga) viloyatlarida;
- guruch – Andijon (1,2 foiz), Navoiy (0,4 foiz) viloyatlarida, Toshkent shahrida (0,8 foiz);
- bug‘doy uni – Namangan (3,1 foiz), Navoiy (0,8 foiz) viloyatlarida;
- shakar – Samarqand (2,3 foiz), Xorazm (0,8 foiz), Navoiy (0,5 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Markazga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘rib chiqilayotgan hafta davomida asosiy iste'mol tovarlari uchun narx muhiti nisbatan past darajada o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Andijon va Buxoro viloyatlarida kartoshka narxining ko‘tarilishi haqida xavotirlar bor.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 11:00
-
Ukraina O‘zbekistonning uchta kompaniyasiga sanksiyalar kiritdi
Iqtisodiyot | 10:51
-
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi
Jahon | 10:46
-
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
O‘zbekiston | 10:06
Mavzuga oid

11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda

16:31 / 20.09.2023
«Yana 3-4 kun» – mas’ullar un narxi tez orada pastlashini aytib, mahsulotni keragidan ortiq sotib olmaslikka chaqirdi

15:27 / 27.01.2023
Piyoz narx-navosi: Minbarlarda aytilayotgan gaplar va real hayot o‘rtasidagi farq haqida reportaj

17:45 / 17.10.2022