Şavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösişni ta'minlaş böyiça birinçi yarim yillikdagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazmoqda. Unda boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovga söz berildi.

“Hurmatli prezident, hozir iqtisodiy ösişimiz 3,2 foizni taşkil qilgan bölsa, agar imkoniyatlarimizdan töliq foydalanganimizda bu körsatkiç 8 foizga yetardi.

Elektr energiyasiga töxtaldik. Hisob-kitoblarimizga köra kelgusi yilda elektr energiyasi sarfi 10 foizga ösişi kutilmoqda. Bu 7,5 mlrd kilovatt degani. 

Sanoatni rivojlantiriş böyiça ham qator takliflarimiz bor. Joylarda uçraşuv ötkazganimizda tadbirkorlar polietilen, polipropilen granulalari böyiça masala qöyişyapti. 

Kreditlarni qaytariş böyiça jiddiy e'tiroz bildirdingiz, katta topşiriqlar berdingiz. Çindan bu masalani hozir hal qilmasak, yil yakunida murakkab vaziyatga tuşib qolamiz”, dedi Jamşid Qöçqorov.

“Özi 20 yil deganda endi balansni töğriladik. Oldin tarmoqlarga pul bermasdik, lekin natija talab qilaverardik. Endi barça şaroitlarni yaratyapmizmi, natija ham bölişi kerak”, dedi prezident bunga javoban.