UzAirways milliy aviakompaniyasining şu'ba korxonasi – Uzbekistan Helicopters operatori 4 dona Airbus vertolyotlariga buyurtma berdi.

«Vertolyotlarning yetkazib berilişi keyingi oyga rejalaştirilgan. Hozirda uçuvçilarimiz uşbu modellarni ekspluatatsiya qiliş böyiça tajriba orttirişmoqda. Airbus H125 va H130 samolyotlari parvoz xizmatlarining sifati tufayli aholining mobilligini oşiradi», – deb ta'kidlagan Uzbekistan Helicopters rahbari Aziz Safiullin.

Airbus Helicopters kompaniyasining Özbekistondagi savdo direktori Romen Lananing sözlariga köra, Ecureuil oilasining köp funksiyali va işonçli vertolyotlarini sotib olişda iqlim şaroitiga mosligi inobatga olingan.

Ta'kidlanişiça, H125 vertolyotlari baland va issiq iqlim şaroitida uçişga moslaşgan va oltita yölovçi örindiği, şuningdek, uçuvçilar uçun bitta yoki ikkita örindiqqa ega.

H130 vertolyoti esa diqqatga sazovor joylarni tomoşa qiliş, aviatsiya tez yordami va kuzatuv işlari uçun möljallangan. Vertolyotda bitta uçuvçi va yettita yölovçi uçun örindiqlar mavjud.

Avvalroq, Özbekistondagi ilk xususiy aviakompaniya Qanot Sharq Airlines 2ta Airbus A320-200 samolyotini röyxatdan ötkazgani xabar qilingandi.