Biznes-murabbiy Muhammad Ali Eşonqulov MFaktor loyihasidagi suhbatda niyat, rizq va tadbirkorlik haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Odam öz niyatiga yaraşa oladi. Xudodan rizqimni halolidan bergin va oson qilib bergin, deb söraş kerak ekan. Odam özidan norozi bölişi kerak, lekin köpçilik teskarisi: özini mukammal odam deb hisoblab, xudo bergan taqsimotga norozi bölib yuraveradi. Bu – noşukrlik. Noşukrlik doim hasratni keltirib çiqaradi.

Kim özida bor narsalarga şukr qilsa, Alloh taolo uni unda yöq narsalar bilan rizqlantiradi-da. Bir inson qiynalib, kun issiqligidan terlab tepaga yuk tortib çiqayotgan ekan. Töxtab, xudoga nolibdi: «Ey xudo, men şu bir burda nonni topaman deb jonimni şunça qiynaşim şartmi? Rizqimning kafilligini olgan bölsang, men yotsam-u rizqim özi kelaversa bölmasmidi?»

Sal nariroqda ikki odam urişayotgan ekan. U ularni ajrataman deb kelsa, şu payt mirşablar kelib, uçalasi jamoatçilik tinçini buzyapti deb olib borib qamab qöyibdi. Zindonda, sovuqda yotsa, eşik taqillabdi. Qarasa, non bilan suv olib kelişgan ekan. Keyin tavba qilgan ekan: «Ey xudo, bu yerda rizqimni yeb yotgandan köra, ozodlikda tinçgina mehnat qilganim yaxşi edi».

Eng muhimi, niyatni töğri qiliş. Rejalaştirişda xato qiliş – xato qilişni rejalaştiriş deyişadi. Şuning uçun insonlar hayotini reja qilayotganda, niyat qilib sörayotganda öziga özi çegara qöymasligi kerak.

Bir bahodir çöl-u daştda suvsizlikdan qiynalib, adaşib qolibdi. Yurib-yurib, holdan toyay degan payti hovuzni körib qolibdi. Tip-tiniq, zör hovuz ekan. Kuçini bir joyga yiğib, u yerga yetib borib, endi hovuzdagi suvdan içaman desa, yonida uç boşli ajdar uxlab yotibdi ekan. Qiliçini çiqarib, olişib ketibdi. Ança payt jang qilib, bitta kallasini olibdi. Yana ança vaqt kuraşib, ikkinçi kallasini olibdi. Keyin ikkalasi ham çarçab, bir-biriga suyanib qolibdi. Şunda ajdar sörabdi: «Özi nimaga kelganding?» Bahodir aytibdi: «Suv içmoqçi edim». Ajdar aytgan ekan: «Içaversang bölmasmidi, men senga biror narsa dedimmi?»

Ya'ni özimiz yöq joydan uç boşli ajdarlar yaratib olmasligimiz kerak. Muammoga özingizni borib urmasangiz, tegmasangiz, muammo sizga tegmaydi. Ong ostida bor narsa: odam kasallikni özi çaqiradi.

Şuning uçun eng avvalo niyatimizni poklab, töğrilab olişimiz kerak. Masalan, «Şu biznesni boşlayapman, boşida katta qiyinçilik böladi, 3-6 oylab katta minusga kiramiz, lekin bardam bölişimiz kerak, 6 oydan keyin zör bölib ketadi» desa, u 6 oy aniq foydaga kirmaydi.