Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida Jumurtov sanoat şaharçasi bor. Unda 30ga yaqin toş işlab çiqariş zavodlari faoliyat olib bormoqda. Jumurtovdan Sobiq ittifoq davridan beri quriliş uçun toş qazib olinadi. Sifat darajasi böyiça Özbekistonda yetakçi örinlarda turuvçi Jumurtov toşiga butun Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida juda talab yuqori. SSSR davrida temir yöl orqali qöşni Turkmanistonga ham toş sotilgan.
Hozirgi kunda Jurmurtov toğlar tizimining 40 foizigina qolgan. Aniqroq aytadigan bölsak, mahalliy aholi sayohat va ziyorat uçun çiqadigan 3 ta toğ qolgan. Ularning biri, «Muhabbat çöqqisi»dan ham toş olina boşlandi. Ba'zi toğlardan şu darajada toş olinganki, toğ butunlay yöqolib pastga 500-800 metr kirib ketgan. Uning eng çuqur joyidan hatto suv çiqişni boşladi. Şunga qaramasdan toğlarni kavlaş töxtamayapti.
Mahalliy aholi sözlariga köra, Jumurtovdagi toş işlab çiqariş korxonalarining davlatga tegişlisi qolmagan. Barçasi xususiy tadbirkorlar qöliga ötgan. Aholi çang va toğ portlaşidan aziyat çekmoqda. Ba'zi portlaşlarda xonadonlarning derazalari sinib ketişi aytilmoqda.
Qöşimça qilinişiça, Jumurtovdagi toş işlab çiqariş korxonalarining heç biri ekologik talab me'yorlari asosida işlamayapti.
Kun.uz jarayonlarni kuzatib boradi va bu mavzuga yana qaytadi.












