Andijonga kelin bölib tuşgan Şoiraxon Egamova 30 yildan buyon fuqaroligi bölmagan şaxs maqomida yaşayotgani, pasporti yöqligi uçun 10 yildan beri bor-yöği 100 kilometr narida, Qirğizistonda yaşovçi keksa onasini körgani bora olmasligi haqida Senat raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qilgan, Kun.uz saytida uşbu masala yuzasidan material e'lon qilingandi.
Köp ötmay mazkur murojaat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olingan va örganişlar olib borilgandi.
Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berişiça, prezidentning 11 may kungi farmoni bilan Şoiraxon Egamovaga pasport beriladigan böldi.
«Natijada Özbekiston Prezidentining tegişli 11 maydagi farmoniga muvofiq Şoiraxon Egamova Özbekiston fuqarosi sifatida qabul qilindi va tez kunda fuqarolik pasportiga ega böladi.
Şoiraxon Egamovani Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligi bilan tabriklaymiz!», deyiladi xabarda.












