Ayni kunlarda xalqimiz Ramazon hayitini tinçlik-xotirjamlikda, şukronalik bilan bayram qilmoqda. Özaro mehr-oqibat yanada oşib, ehtiyojmand oilalarga muruvvat körsatiş, bemorlar holidan xabar olişdek savob işlar köpaymoqda.

Şunday ezgu qadriyatlarimizga muvofiq, Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 may kuni Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga bordi.
Bu markaz aholiga gematologik va transfuziologik yordam körsatiş, şunday kasalliklarning oldini oliş va ularni davolaş, gematologiya sohasida ilmiy izlanişlar olib borişga ixtisoslaşgan.
Markazda yuqori dozali va intensiv poliximioterapiya usullari amaliyotga joriy etilgan. Ötkir limfoblast leykozlarni davolaşdagi yangi işlanmalar natijasida bemorlarning remissiyaga çiqişi va töliq tuzalişi 70-85 foizgaça yetmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 10 fevraldagi qarori gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantiriş, onkogematologik va davolaş qiyin bölgan kasalliklarga çalingan şaxslarni qöllab-quvvatlaşda muhim omil bölmoqda. Uşbu qarorga muvofiq, 2020-2024 yillarda gematologiya sohasini rivojlantiriş uçun 546 milliard sömdan ziyod va qariyb 71 million dollar miqdorida mablağ yönaltirilişi közda tutilgan. Xususan, joriy yilda 91 milliard sömdan ziyod mablağ ajratilgan.
Bu mablağlar hisobidan şifoxonalar dori vositalari, tibbiy buyumlar, reaktiv va reagentlar bilan ta'minlanmoqda. Şuningdek, gematologiya xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, kasalliklarni erta aniqlaş va davolaşni takomillaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Prezident markazning şaroitlarini közdan keçirdi. Markazda 3 ta bino bölib, 260 ta öringa ega. Hozirgi kunda bu yerda 210 nafar bemor davolanmoqda. Şundan 42 nafari bolalardir.
Davlatimiz rahbari uşbu şifoxona uçun yangi bino barpo etiş, unda Rossiyaning D.Rogaçyov nomidagi tibbiy tadqiqot markazi tajribasi asosida bolalar onkogemotologiyasi markazi taşkil qiliş böyiça körsatmalar berdi. U yerda özak xujayralarini donordan köçirib ötkaziş - allogen transplantatsiya yölga qöyiladi.
Prezident şifoxonada davolanayotgan bolalar va ularning onalari bilan suhbatlaşdi.


















