Biznes-murabbiy Muhammad Ali Eşonqulov M-Faktor loyihasining navbatdagi körsatuvi mehmoni bölib, qator mavzulardagi öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

U körsatuv muxlislaridan savollardan biriga javoban "opportunity cost" (muqobil tanlovning qiymati) nimaligini tuşuntirib ötdi.

«Inson hayoti davomida doim tanlovlarni amalga oşiradi: yo uni, yo buni tanlaydi. Siz biror narsadan voz keçgan holda boşqa bir narsaga erişasiz. Eng qimmat investitsiya – vaqt, uni nimaga sarflayotganingiz qiymat jihatdan uzoq muddatda sizga qanaqa foyda keltiradi, şuni birinçi hal qilib oliş kerak.

Yoşlardagi eng katta muammolardan biri – vaqtini, umrini juda arzon narsalarga sarflab qöyişyapti.

Maqsad qöyişda unga erişiş sizga qisqa va uzoq muddatda qanday foyda keltirişiga e'tibor qaratiş kerak. Biror maqsadga erişiş menga qisqa muddatga foyda keltirib, uzoq muddatda foyda keltirmasa, uni töxtaman. Qisqa muddatda foyda keltirmagan taqdirda ham, uzoq muddatda jamoamizga va asosiysi jamiyatimizga foydali böladigan bölsa, bu narsadan qaytmaymiz.

Opportunity cost deganini, qisqaça tuşuntirsam, siz uylanmoqçi bölgan ikkita qiz turibdi. Siz biriga uylanasiz, ikkinçisi esa siz uçun opportunity cost böladi», – dedi Muhammad Ali Eşonqulov.