Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bankomatdagi pullarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga tushdi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida banklardan birining bankomatini buzib, ichidagi pullarni o‘marmoqchi bo‘lgan yigit jinoyat ustida qo‘lga tushgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 15 may tungi 02:00 da Samarqand viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumani bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan videokuzatuv monitori orqali Xalq banki Ishtixon filialiga qarashli bankomat oldida noma'lum shaxsning qo‘lida temir jism bilan turganligi aniqlangan.
O‘z vaqtida voqea joyiga yetib borgan Ishtixon tumani Qo‘riqlash xizmati tezkor guruh xodimlari tomonidan ushbu shaxs bankomat eshigini buzishga harakat qilayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxs Ishtixon tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. ekanligi ma'lum bo‘lgan. Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026