Surxondaryolik bloger, korrupsiyani tanqid qilib kelgan Otabek Sattoriy tuhmat va tovlamaçilikda aybdor deb topilib, sud hukmi bilan 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
«Sattoriy işi» özbek jamoatçiligi va jahon OAVlarida, xususan, huquq faollari tomonidan qizğin muhokama qilindi.
AQŞdagi Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi (CPJ) Özbekiston hukumatidan Sattoriyni darhol ozod qilişni söradi.
«Özbekiston hukumati Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod qilişi, uning faoliyatiga qarşilik qilmasligi, u va boşqa jurnalistlarning jazolanişdan qörqmasdan, erkin işlaşiga imkon berişi kerak.
4 may kuni bölib ötgan sudda Sattoriyning advokatlari prokuratura tovlamaçilikni isbotlovçi moddiy dalillar keltira olmagani, ular faqat da'vogarlar va işda manfaatdor bölgan boşqa şaxslarning körsatmalariga asoslanganini ta'kidladi.
Qömita izoh oliş uçun Özbekiston Içki işlar vazirligi, «Hududgazta'minot», Termiz va Surxondaryo hokimliklariga elektron poçta orqali xabar yubordi, ammo javob ololmadi», – deyiladi qömita axborotida.
Human Righs Watch xalqaro nodavlat taşkiloti hukmni Özbekistondagi söz erkinligiga nisbatan zarba deb atadi.
«Mahalliy amaldorlarning ehtimoliy korrupsiyasi böyiça suriştiruvlar ötkazgan mustaqil blogerni qamoqqa oliş haqida Özbekiston sudi çiqargan qaror – adolatsiz hukm va Özbekistonda söz erkinligiga berilgan zarba.
[...] Özbekistonning hamkorlari, xususan AQŞ, Yevropa Ittifoqi hamda unga a'zo davlatlardan Germaniya va Birlaşgan Qirollik kabilar özbek rasmiylarini Sattoriyni ozod qilişga va söz erkinligini himoyalaşga çaqirişi lozim», – deyiladi Human Righs Watch bayonotida.
HRW'ning eslatişiça, Yevropa Ittifoqi yaqinda Özbekistonga GSP+ sxemasi böyiça savdo imtiyozlarini taqdim etgan, bu bilan esa rasmiy Toşkent inson huquqlari, xususan söz erkinligini ta'minlaş majburiyatini olgan.








