«Çegara bilmas muxbirlar» nodavlat taşkiloti matbuot erkinligi indeksini yangiladi. 2021 yilgi reytingda Özbekiston 180 ta mamlakat orasidan 157-örinni egalladi.
Respublika «matbuot erkinligi böyiça vaziyat murakkab» davlatlar qatorida qolmoqda.
Mazkur reytingda Özbekistonning örni sönggi uç yil içida ilk marta pasaydi. Mamlakat 2018 yilda 165-öringa, 2019 yilda 160-öringa, 2020-yilda 156-öringa kötarilgandi.

«Çegara bilmas muxbirlar» Özbekiston matbuot erkinligi borasida muayyan yutuqlarga erişganini qayd etib, qator muammolarni ham sanab ötgan.
«Jurnalistlar siyosiy mavzularni, xususan, korrupsiya, majburiy mehnat kabi masalalarni yoritmoqda, biroq oliy hukumatni tanqid qilişgaça hali yetib borilgani yöq», deyiladi tahlilda.
Şuningdek, OAVni röyxatdan ötkaziş osonlaşgani ijobiy natija sifatida qayd etilib, davlat OAV faoliyatini çeklaydigan qonunlarni isloh qilişga şoşilmayotgani ta'kidlangan.
«Kuzatuv, senzura, öz-özini senzura qiliş kabilar hanuz saqlanib qolmoqda, hokimiyatdagilar OAVni jiddiy nazorat qilmoqda. Blogerlar hanuz qörqitilyapti yoki qamoqqa olinyapti.
Özbekiston xorijlik va mamlakatdan çiqarib yuborilgan jurnalistlarga qayta öz eşiklarini oçdi, biroq köplab jurnalistlar va naşrlar akkreditatsiyadan ötişga qiynalmoqda.
Özbekistonda siyosiy plyuralizmga erişmay turib, matbuot erkinligini tölaligiça ta'minlab bölmaydi. Oldinda hali ham uzoq yöl turibdi», – deyiladi hisobotda.

Reytingda yuqori uçlikni Norvegiya, Finlandiya va Şvetsiya band qilgan. AQŞ 44-örinda , Rossiya 150-örinni egallagan. Xitoy esa 177-örinda.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirğiziston 79-, Qozoğiston 155-, Tojikiston 162-, Turkmaniston 178-örinda qayd etilgan.












