UzbekLife’ning Turkiyadagi kolumnisti ma'lum qilişiça, 17 may, duşanba kuni soat 05.00dan 1 iyun, seşanba kuni soat 05.00gaça bosqiçma-bosqiç normallaşiş çora-tadbirlari amalga oşiriladi.  

Komendantlik soati çeklovlari

Iş kunlari soat 21.00dan 05.00gaça, dam oliş kunlari juma soat 21.00dan duşanba kuni 05.00gaça komendantlik soati amal qiladi.

Koronavirus vaksinasining ikkinçi dozasini olgan 65 yoş va undan yuqori yoşdagilar hamda 18 yoşdan kiçiklar barçaga tegişli çora-tadbirlardan taşqari qöşimça komendantlik soati bilan çeklanmaydi.

Ammo emlaniş haqqi böla turib, emlanmagan 65 yoş va undan oşgan fuqarolar iş kunlari soat 10.00–14.00 oraliğidagina köçaga çiqişlari mumkin. 

Mahalliy transport

Bosqiçma-bosqiç normallaşiş davrida quyidagi şaxslar şahar jamoat transporti (metro, metrobus, avtobus, mikroavtobus)dan foydalana olmaydi:

– 65 yoş va undan oşganlar;

– 18 yoşga tölmagan yoşlar;

– bolalar.

Şaharlararo sayohat

Komendantlik soati qöllanilmaydigan soatlar va kunlarda:

– şaharlararo sayohat erkin böladi;

– jamoat transportida sayohat qiliş böyiça çeklovlar bölmaydi;

– xususiy transport vositasida sayohat qilişga faqat majburiy holatlardagina ruxsat beriladi. 

Kafe va restoranlar

Iş kunlari soat 07.00–20.00 oraliğida «kel-ol» va yetkazib beriş xizmati, 20.00–24.00 oraliğida esa faqat yetkazib beriş xizmati işlaydi.

Dam oliş kunlari esa soat 07.00–24.00 oraliğida faqat yetkazib beriş xizmati işlaydi.