Toşkent şahridagi Ahmad Doniş köçasining bir qismi bir yarim oyga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, yöl ta'mirlaş işlari sababli 18 may soat 00:00dan Yunusobod tumani Ahmad Doniş köçasining Nurafşon va Moyqörğon köçalari oraliğidagi qismida yölning bir tomoni bir yarim oy muddatga avtomobillar harakati uçun yopiladi.
Qayd etilişiça, ikki tomonlama harakatlaniş yölning bitta qatnov çiziği orqali amalga oşiriladi.
Noqulayliklar uçun uzr söralgan.











