Internetda tarqalgan videolavhadagi holat şu kunning özida Farğona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining Bioxilmaxillik bölimi xodimlari tomonidan nazoratga olingani ma'lum qilindi.
Lavha Qöqon şahridagi Aççiqköl mahallasining Gulşan köçasida tasvirga olingani aniqlandi. Qöqon şahar ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari Qöqon şahar Içki işlar boşqarmasi xodimi va Aççiqköl mahalla fuqarolar yiğini raisi bilan mahalladagi uyga borib, xonadon egalari iştirokida örganiş işlari olib borilgan.


«Örganiş davomida fuqaroning yaşaş xonadonida 10 metr kvadrat maydonda şer hayvonini boqiş uçun belgilangan tartibda yaşaş qafaslari mavjudligi aniqlandi. Şer bolasi uçun yasalgan maxsus qafasning balandligi 2,5–3,5 metr bölib, uning içi talab darajasida jihozlangan.
Şerning yaşaş joyi kanalizatsiya tarmoğiga ulangan, şuningdek, atrof-muhitga ta'siri yöqligi, insonlar hayotiga xavf soliş holati mavjud emasligiga guvoh böldik», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Qöqon şahar davlat ekologiya bölimi inspektori Halimjon Törayev.

Mas'ullar uy egalaridan hayvonlarni saqlaş tartibi töğrisida tegişli hujjatlarni taqdim etişini söragan. Uy egasi esa videolavhada şerni uşlab turgan farzandi ekani va hozirda u Toşkent şahridaligi, 3 kun muddat içida söralgan hujjatlarni tegişli taşkilotlarga taqdim etişini bildirgan.


Kun.uz muxbiri mazkur xonadon vakili, şerni parvariş qilayotgan Asadbek Toymasov bilan suhbatlaşdi.
«Şerning laqabi — Simba. Uni bir oyligida bozordan sotib olib kelganmiz. Uni özim katta qilganman. Simba yovvoyi emas, odamga taşlanmaydi. Doimiy ravişda özim qarayman. Tovuq göşti bilan ovqatlantiraman. Ba'zida molning içak-çavoği va göşt ham berib turamiz. Lekin köpinça tovuq göşti bilan oziqlanadi. Kuniga ikki mahal ovqatlantiraman: ertalab va keçqurun», — deydi u.













