Özbekistonda çet tillarini örganişni ommalaştiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, davlat xizmatçilarining xorijiy tillarni özlaştirişi darajasini oşiriş maqsadida:
- 2021 yil 1 iyuldan boşlab, davlat organlarida ta’lim taşkilotlari öqituvçilarini şartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marta xodimlarni xorijiy tilga öqitiş amaliyoti yölga qöyiladi.
- 2022 yil 1 yanvardan boşlab, xorijiy tillardan milliy
va xalqaro sertifikatga ega davlat boşqaruv idoralarining barça böğinlari xodimlariga lavozim maoşiga nisbatan 20 foizgaça qöşimça ustama tölanadi (taşkilotlarning budjetdan taşqari hamda iş haqi fondi doirasida budjet mablağlari hisobidan). - 2022 yildan boşlab, davlat organlariga işga qabul qiliş
va yuqori lavozimga tayinlaş uçun xorijiy tilni biliş talabgorga qöyiladigan majburiy malakaviy könikma sifatida belgilanadi. - Davlat organlarining rahbarlari örinbosarlaridan biriga xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş, şu jumladan Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi bilan hamkorlik qiliş vazifalari yuklatiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlarida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş böyiça qaror loyihasini kiritişi lozim.
Çet tillariga ixtisoslaşgan 207 ta maktab taşkil etiladi








