O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan,2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Ta'lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.
Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat OTMlari o‘qituvchilarining xarajatlari esa OTMlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etiladi.
Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinadi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etiladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi







