Ta'kidlanişiça, tasdiqlangan dasturga binoan Farğona viloyati, Farğona tumani Vodil qişloğida tibbiyot turizmi yönalişida xususiy tibbiyot maskanlari taşkil etiş yoki mavjudini filial şaklida oçiş böyiça taşabbuskor tadbirkorlar aniqlanadi. Bunda soğlomlaştiriş markazlarini taşkil etişda hududiy hokimlik tomonidan yer yoki mavjud foydalanilmayotgan binolar ajratilişi közda tutiladi.
Şuningdek, qişloqda tibbiyot turizmini rivojlantiriş maqsadida ixtisoslaşgan diagnostika markazlari, statsionar davolaniş, joylaştiriş vositalari, ovqatlaniş punktlari, avtoturargohlar, dam oliş joylari va boşqalarni öz içiga oluvçi tibbiyot komplekslarini taşkil qiliş bilan murojaat qilgan tadbirkorlarga hududiy hokimlik va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan vakolat doirasida amaliy va uslubiy yordamlar körsatiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farğonadagi onkologiya şifoxonalariga 1,3 milliard sömlik tibbiyot jihozlarini topşirganligi haqida xabar (https://kun.uz/35975030) berilgan edi.









