Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 5–6 sentabr kunlari Qirğizistonga taşrifi doirasida ikki davlat örtasida erişilgan kelişuvlarning amaliy ifodasi sifatida ikki mamlakatni boğlab turuvçi çegara postlarining aholi vakillari uçun oçilmoqda.
Andijon viloyati bojxona boşqarmasi tasarrufidagi «Madaniyat» çegara bojxona posti oçilişi bilan bir vaqtda Farğona viloyati «Vodil» çegara posti faoliyati ham qayta tiklangan.
«Qirğiziston bilan 447,4 kilometrlik çegara hududiga ega Farğona viloyati uçun çegara munosabatlari ğoyat muhim strategik ahamiyatga ega. Söx hamda Farğona tumanlarining Şohimardon va Yordon qişloqlari aholisi uçun qöşni davlatga bordi-keldi qiliş birmunça oğriqli masalaga aylanib qolgan edi. Prezidentimizning uşbu taşrifi çoğida azaldan yonma-yon yaşab, bir ariqdan suv içgan, quda-anda bölib ketgan, qadriyat va an'analari, hatto orzu-maqsadlari muştarak ikki xalqning ahilligiga soya taşlayotgan muammolarni ijobiy hal etişga erişilgani özbek-qirğiz xalqlari döstligi, jipsligi va hamjihatligi yölidagi muhim tarixiy voqea böldi.
Ikki qardoş xalq vakillarining mazkur uçraşuvi ham katta şodiyonaga aylanib ketdi. Unda Qirğiziston Respublikasidan taşrif buyurgan mehmonlar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan qirğiz millatiga mansub yurtdoşlarimiz, keng jamoatçilik, yoşlar iştirok etdi», deyilgan ÖzA xabarida.
Farğona viloyati hokimi Ş.Ğaniyev, Botken viloyati gubernatori A.Xolmurzayev va boşqalar Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi aloqalar kengayib borayotgani, xususan, çegara hududlarida köplab muammolar amaliy hal etilayotganini ta'kidlaşgan.

«Qirğizistonning Qadamjoy tumani Uçqörğon qişloğida tuğilganman, jigarlarim, qarindoşlarim öşa yoqda. Qişloğimga boriş, yaqinlarim bilan uçraşişda turli qiyinçiliklar mavjud edi. Töy-ma'rakalarida ham yonlarida bölolmadim. «Vodil» çegara punktining oçilişi, ortiqça rasmiyatçiliklarning bekor qilinganidan juda xursandmiz. Xalqimizning dardini tinglayotgan, oğirini yengil qilayotgan Prezidentimizdan behad minnatdormiz», – deydi Toşloq tumanidagi 16-umumta'lim maktabi öqituvçisi Nasiba Jörayeva.
«Xalqlarimiz azaldan bir ariqdan suv içib, quda-anda bölib, ahil yaşagan. Bugun ularning şodliklarini körib, çegara oçilgani rostdan ham ulkan voqea bölganini his etdim. Mana bunday uçraşuvlar, bordi-keldilar yölga qöyilgani döstligimizni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi», – deydi Botken viloyati Qadamjoy tumani hokimi örinbosari Töxtaxon Ilyasova.













