Qayd etilişiça, unga unvon davlat organlari va huquq-tartibot idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlaş, olib borilayotgan keng kölamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, hududlarni kompleks rivojlantiriş işlariga qöşgan munosib hissasi, xalq bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, muammolarni joyida bartaraf etiş, fuqarolar huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini röyobga çiqariş borasidagi katta xizmatlari hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan berildi.

FVV rahbari Tursinxon Xudoyberganov 1951 yilda tuğilgan. Toşkent pedagogika instituti (1974 yil) va SSSR IIV Akademiyasi (1982) bitiruvçisi. 1974−1999 yillarda IIVda turli lavozimlarda işlagan. 1999−2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boşliği, 2001−2006 yillarda — prezidentning huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi, 2006−2010 yillarda esa Farğona viloyati IIB boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan.

Tursinxon Xudoyberganov 2010 yilning martidan 2016 yil dekabrigaça FVVga rahbarlik qilgan. Söngra prezidentning jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. U hali ham mazkur lavozimda faoliyat körsatmoqda.

Bundan oldin, bir guruh generallar «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni bilan taqdirlangani xabar qilingandi.

Taqdirlanganlar orasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatining bir guruh vakillari ham bor. Xususan, favqulodda vaziyatlar vaziri v.b., general-leytenant Tursinxon Xudoyberganov I darajali kökrak nişoni bilan taqdirlandi.