Migratsiya agentligi xabariga köra, 2021 yil 26 aprel kuni agentlik vakillaridan iborat işçi guruh mamlakatning Rossiyadagi elçixonasi mas'ul xodimlari bilan birgalikda voqea joyiga borib, vaziyatni örgangan. 19 may kuni agentlikning Moskva şahridagi vakolatxonasida fuqarolar bilan uçraşuv bölib ötdi.

Ma'lum bölişiça, quriliş obektlarida iş beruvçi bilan özaro kelişuv asosida iş boşlagan fuqarolarga iş haqi berilişi keçiktirilgan va bu holat ular noroziligiga sabab bölgan.

Agentlik tomonidan yaşaş joyisiz qolgan fuqarolar bepul yotoqxona va 3 mahal ovqat bilan ta'minlangan, işsiz qolganlarga boşqa iş joylari taklif qilingan.

Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqarolarning şikoyatlari asosida ular huquqlarini himoya qiliş va iş haqini undirib beriş maqsadida Moskva şahar prokuraturasi, Tergov qömitasi hamda Mehnat inspeksiyalariga rasman murojaat qilingan.

“Şuningdek, uşbu yurtdoşlarimizning 25 foizdan ortiği nolegal tarzda iş faoliyatini olib borgani aniqlanib, Rossiyaning amaldagi qonunçiligi asosida ularni legallaştiriş böyiça zaruriy tavsiyalar berildi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi uşbu holat yuzasidan fuqarolarimizning huquqlarini himoya qiliş va qonun doirasida iş haqini undiriş böyiça barça zarur çoralar körilişini ma'lum qiladi”, deyiladi xabarda.