Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida ikki qamashilik qiz ham ishtirok etadi
23-31 may kunlari Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan yosh yulduzlar ishtirok etishadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma'lum qildi.
O‘zbekiston terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarimiz nomini e'lon qildi. Unga ko‘ra, 14 nafar sportchimiz mazkur dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida o‘smirlar Olimpiadasi sovrindorlari Muhammadqodir Toshtemirov, Kumushxon Fayzullayevalar joy oldi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan bo‘lgan Nigora Abdullayeva(-55 kg) va Tursunoy Jabborova (-76 kg)lar ham ushbu musobaqada vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiadasi reytingi uchun ham qimmatli ochkolarni taqdim etadi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
20:07 / 13.04.2026
Toshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
20:30 / 26.10.2025