Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan iste'molga yaroqsiz 450 kilogramm noma'lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Toshkentga olib ketilayotgan 450 kilogramm noma'lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolingan. Bu haqda IIV Patrul-post xizmati va jamoatchilik tartibini saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 21 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo‘linmasi hamda Koson tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tumanning «Arabxona» MFYda yashovchi fuqarolar M.T. va B.R.lar Lasetti avtomashinasida Koson tumanidan Toshkent shahriga noma'lum hayvonga tegishli go‘sht ortib ketayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, laboratoriya tekshiruvida mazkur suyagidan ajratilgan 450 kilogramm noma'lum hayvon go‘shti iste'molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, ushlangan iste'molga yaroqsiz go‘sht veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda yo‘q qilinib, to‘plangan hujjatlar tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasiga topshirilgan.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026