Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan 630 kilogramm iste'molga yaroqsiz noma'lum chorva ichaklari ushlandi
Qashqadaryo viloyatida joylashgan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanida kelib chiqishi noma'lum chorva mollariga tegishli bo‘lgan ichki a'zolar to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 may kuni soat 21:10larda Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari chegarasida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida Qashqadaryo — Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Damas» avtomashinasi Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin bo‘linmasi va YHXB xodimlarida shubha uyg‘otgan.
«Damas» to‘xtatilib, tegishli tartibda mashina saloni ko‘zdan kechirilganda G‘uzor tumanida yashovchi J.I. hech qanday veterinariya ma'lumotnomasi bo‘lmagan, 8ta qopga joylangan 630 kilogramm og‘irlikdagi kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan chorva mollarining ichki a'zo (ichak)larini olib ketayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, chorva mollarining ichki a'zolari Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda yaroqsizligi ma'lum bo‘lgan va tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026