Vetnamda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
23 may kuni Vetnamda bir palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Vetnam konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament - Milliy yig‘in mamlakatdagi oliy hokimiyat organi hisoblanadi.
18 yoshdan katta bo‘lgan 69 mlndan ko‘proq vetnamlik saylovlarda qatnashish huquqiga ega. Bu maqsadda 84 mingdan ko‘proq saylov uchastkasi soat 7dan o‘z ishini boshlagan.
2021 yildan 2026 yilgacha amal qiluvchi 15-chaqiriqdagi parlamentdagi 500 o‘ringa 866 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Saylovlar natijalari 12 iyunda e'lon qilinadi.
Vetnam parlamenti yiliga 4 marta Xanoyda o‘z sessiyalarini o‘tkazib, ularda mamlakatdagi dolzarb iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy masalalar hal qilinadi, oliy davlat lavozimlariga tayinlovlar ma'qullanadi.
Yangi parlament o‘z ishini iyulda parlament raisi va uning o‘rinbosarlarini saylashdan boshlaydi. So‘ngra prezident, vitse-prezident, bosh vazir, oliy xalq sudi va oliy xalq prokuraturasi rahbarlari uchun ovoz beriladi.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
18:30 / 23.05.2023
«General asirni o‘ldirdi, men fotoapparatim bilan generalni o‘ldirdim» – Vetnam urushining shafqatsizliklari tasvirlangan surat tarixi
11:11 / 23.03.2023