Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boşqarmasi iş yurituvida bölgan fuqaro S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositasini saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Iş fuqaro S.X. Tergov boşqarmasi boşliği örinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga öziga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini sudga yubormaslik evaziga 5 ming AQŞ dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Podpolkovnik A.Utemuratov Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi orqali fuqaro unga pora taklif qilib kelayotganligini ma'lum qilgan.
Uşbu bildirgiga asosan, ötkazilgan tezkor tadbirda S.X. taklif qilgan 5 ming AQŞ dollar pullarni podpolkovnik A.Utemuratovga bergan vaqtida, tadbir iştirokçilari tomonidan qölga olingan.
S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirişilgan.

22 may kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri polkovnik Aytbay Temirxanov porani olmagan podpolkovnikka pul mukofotini topşirdi.







