Matematika darsliklarining 1-sinflar uchun yaratilgan ilk namunasi tayyor bo‘ldi. Mazkur jarayonlarda matematikani o‘qitish bo‘yicha 20 yillik xalqaro tajribaga ega ekspert Marsello Starikoff ham bevosita ishtirok etdi.
Respublika ta'lim markazi rahbari Shuhrat Sattorov UNICEF eksperti Marsello Starikoff bilan zamonaviy matematika darsliklarini yaratish va o‘qitishdagi yangicha yondashuvlar haqida onlayn suhbat tashkil etdi.

– Nima uchun bolalarga matematikani o‘qitish muhim, 3 ta sabab bilan izohlay olasizmi?
– Matematikani o‘qitish hammaning hayotida markaziy o‘rin tutadi, zero biz yashayotgan dunyo matematik jarayonlar tomonidan belgilanadi va boshqariladi. Strategik tarzda fikr yuritish asosi va idrok etish ko‘nikmasini matematika o‘rgatadi. Zotan, matematika falsafiy fan.
Matematikani o‘qitishda har doim matematikada to‘g‘ri javob bo‘ladi degan an'anaviy tushunchadan voz kechib, yangi usullarni ishlab chiqishga harakat qilyapmiz.
Agar biz har doim matematikada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob bor deb emas, unga turli yondashuv va strategiyalar bilan o‘qitiladigan fan nuqtayi nazaridan yondashsak, bu matematikani chindan sevib o‘qishlariga sabab bo‘ladi. Va bu usullar matematikaga faqat to‘g‘ri javob bilan tugaydigan fan sifatida qaralishiga barham beradi.
Matematikaning insonga beradigan kompetensiyasi juda ham ulkan va ular nafaqat matematik masalalarda, balki jamiyatdagi muammolarni hal qilishda ham yordam beradi. Agar o‘quvchi matematikada qobiliyatli bo‘lsa, uning jamiyatga hissa qo‘shish ehtimoli yuqori va bu o‘z tasdig‘ini topgan. Biz fanni o‘ta innovatsion usulda o‘qitish bilan birga, uning amaliyotdagi samarasini ko‘rish uchun harakatdamiz.
Birinchi va ikkinchi sinf o‘quv dasturlarida birinchi bob qanday qilib matematik bo‘lishni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Biz qanday o‘rganishni va nimani o‘rganishni ham o‘rgatamiz va o‘ylaymanki, bu O‘zbekiston ta'limini yetakchi o‘rinlarga olib chiqadi.
O‘rganishni o‘rganish qiziq, chunki men ta'lim sohasiga kelganimda shuni angladimki, menimcha, biz umr bo‘yi o‘rganishda davom etishimiz kerak. Hamisha o‘rganishdan to‘xtamaslik XXI asrning o‘ziga xos ko‘nikmalaridan biri hisoblanadi. O‘ylaymanki, ushbu konsepsiya natija beradi.
O‘rganishni o‘rganish bobi birinchi va ikkinchi sinf o‘quv dasturlarini ochib beradi. Shuningdek, ushbu bob boshqa o‘quv dasturlarini ham ochib beradi. Uning 5 jihati bor:







