Press-tur iştirokçilari dastlab, yurtimiz iqtisodiyotiga munosib uluş qöşib, aholi bandligini ta'minlayotgan korxonalardan birining faoliyati bilan tanişdilar.
Urganç şahridagi “Urg tex” mas'uliyati çeklangan jamiyati yiliga 6 ming tonna ip-kalava işlab çiqariş quvvatiga ega bölib, biznes loyihaga köra, 10 million AQŞ dollaridan ortiq qiymatdagi mahsulot eksport qilinadi. Mahsulot eksporti asosan Xitoy, Turkiya, Rossiya davlatlariga amalga oşirilmoqda.


Korxonada 450 nafar kişi mehnat qilmoqda. “Özmilliybank” tomonidan ajratilgan 8 million AQŞ dollari miqdoridagi kredit evaziga Germaniya davlatidan zamon talablariga töliq javob beradigan dastgohlar olib kelib örnatildi.
Ma'lumotlarga qaraganda yaqin kelajakda korxonada ip-kalava işlab çiqariş bilan birga tayyor kiyim-boş, trikotaj mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyiladi. Natijada yana qöşimça ravişda 400 nafar kişining doimiy iş bilan bandligi ta'minlanadi.


“Urg tex” MÇJ yurtimiz iqtisodiy salohiyatini oşirişda öziga xos örni bor. Qolaversa, yengil sanoat rivojida öziga xos tarmoq bölgan xomaşyoni qayta işlaş va undan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş va uni eksport qiliş borasida yurtimizda amalga oşirilayotgan dadil qadamlarning amaldagi ifodasidir.
Navbatdagi manzil Xiva şahridagi “Nurullaboy” tarixiy majmuasi hududida joylaşgan Xiva bank xizmatlari markazi böldi. Ta'kidlaş kerakki, mazkur markaz tomonidan taklif etilayotgan xizmat turlari nafaqat mahalliy aholi balki qadimiy Xivaning tarovatidan bahra oliş maqsadida taşrif buyurgan sayyohlarning ham oğirini yengil qilib kelmoqda.


























