Aziz farzandlarim!
Qadrli maktab bitiruvçilari!
Avvalo, barçangizni beğubor öquvçilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlaşib, hayotingizning yangi, yanada mas'uliyatli bosqiçiga qadam qöyayotganingiz bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Uşbu quvonçli ayyomda mamlakatimizdagi barça maktablarda «sönggi qönğiroq»lar yangrab, qariyb 438 ming nafar öquvçi yoşlarimiz yetuklik şahodatnomalarini qöllariga olmoqda.
Bu nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar uçun ham ğoyat quvonçli va hayajonli voqeadir. Çunki, qalbi pok orzu-umidlar bilan tölgan sizlar kabi navqiron, azm-u şijoatli yoşlarimiz timsolida biz uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan ta'lim-tarbiya sohasidagi sa'y-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimiz kelajagini köramiz.
Sizlar keyingi ikki yil davomida pandemiya şaroitida öqib va yaşab, qiyinçiliklarga qarşi kuraşiş könikmalarini ham egallaşingizga töğri keldi. Albatta, bu murakkab sinovli kunlar hademay ötmişga aylanadi.
Işonçim komil, yangi Özbekiston şaroitida, zamonaviy taraqqiyot talablari asosida ta'lim-tarbiya olgan yoş avlod vakillari sifatida barçangiz davlatimiz, xalqimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanasiz.
Qadrli öğil-qizlarim!
Ma'lumki, biz öz oldimizga ulkan maqsadlarni qöyib, ularga erişişning eng muhim omili sifatida ta'lim-tarbiya sohasiga juda katta ahamiyat bermoqdamiz.
Qisqa muddatda maktabgaça ta'lim, oliy va örta maxsus ta'lim tizimida muhim özgarişlar amalga oşirildi. «Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan boşlanadi» degan şior asosida maktab ta'limini rivojlantiriş umumxalq harakatiga aylandi.
Bu haqda gapirganda, oxirgi tört yilda 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta'mirlangani va jihozlanganini qayd etiş lozim.
Yurtimizda mutlaqo yangiça mazmun va şakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar barpo etilmoqda.
Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta'lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy şeriklik şaklidagi maktablar faoliyat körsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil etildi.












