2021 yilning 20 may kuni Yu.A. “102” qisqa raqamiga bergan xabariga köra, soat 23:18 larda Danğara tumani Qöriq qişloği Sölimboğ köçasi 2-uy yonida “Matiz” rusumli avtomaşinada bölgan uç nafar noma'lum şaxs unga nisbatan jismoniy kuç işlatib, 3 500 000 sömlik bölgan “NUAWEI” rusumli uyali telefon apparatini talon-toroj qiliş yöli bilan tortib olib, noma'lum tomonga qoçib yaşiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd etilişiça, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni Qöqon şahrida yaşovçi 22 yoşli A.A. özining jinoiy şeriklari 22 yoşli I B. va 21 yoşli A.A. bilan birgalikda A.A. boşqaruvida bölgan “Matiz” rusumli avtomaşinada oldindan jinoiy til biriktirib, sodir etgani aniqlangan. Jabrlanuvçiga tegişli bölgan “NUAWEI” rusumli uyali telefon apparati A.A.dan aşyoviy dalil tariqasida olingan.
Uşbu holat yuzasidan Danğara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, talonçilar qölga olingan.
Avvalroq Farğona şahrida 18 yoşli yigit haydovçiga piçoq bilan hujum qilgani haqida xabar qilingan edi.











