Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylaşgan maktab-internatda tarbiyalanayotgan bolalar kaltaklangan. Bu holat Senat va viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olingan.
Ma'lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Oqdaryo tumanida joylaşgan 63-sonli ixtisoslaşgan maktab-internatda tarbiyalanayotgan bolalar kaltaklangani tasvirlangan fotosuratlar tarqalgan. Şundan söng holat Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegişli idoralarga uşbu masala qonuniy körib çiqilişi yuzasidan körsatmalar berilgan.
«Şu kunlarda Internet ijtimoiy tarmoqlarida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 63-sonli ixtisoslaşgan maktab-internatdagi ayançli holat keng muhokamaga sabab bölmoqda. Unda maktab tarbiyalanuvçilarining yirtiq-yamoq kiyimdaligi, ayrim bolalarning köz va yuz qismlari kökargan holatdaligi fotolavhalari körsatilgan.
Mazkur holat Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegişli idoralarga uşbu masala qonuniy körib çiqilişi yuzasidan körsatmalar berilgan», deyiladi Senat munosabatida.
Şuningdek, mazkur maktab-internatda bolalarning kaltaklanişi Samarqand viloyat hokimligi tomonidan ham nazoratga olingan. 25 may kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov maktab-internatga borib hodisani örgangan.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Erkinjon Turdimov maktab-internatda bolalarga yaratilgan şaroitlar böyiça mutasaddilarga öz e'tirozlarini bildirgan. Şuningdek, viloyat xalq ta'limi mutasaddilariga zudlik bilan mazkur maktab-internatda ta'lim olayotganlarning yaşaşi va öqişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş borasida qator topşiriq va körsatmalar bergan.
Örganiş yakunida muassasa direktori, uning xöjalik işlari böyiça örinbosari hamda qator tarbiyaçi va texnik xodimlarning faoliyati qoniqarsiz deb baholangan. Viloyat xalq ta'limi boşqarmasi, tuman prokuraturasi va içki işlar bölimi tomonidan muassasadagi har bir holatga baho berilişi ma'lum qilingan.
Uşbu muassasani obod maskanga aylantiriş, jamoada soğlom muhitni şakllantiriş borasida berilgan topşiriqlar ijrosi hamda mutasaddilarning ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlari yuzasidan hisoboti bir haftadan söng viloyat hokimligida muhokama etilişi belgilangan.












