AQŞning Amazon internet-riteyleri Hollivudning Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasini 8,45 mlrd dollarga sotib olişga kelişib oldi. Bu xarid Amazon Prime striming xizmatiga kinostudiyaning köp sonli filmlariga egalik qiliş huquqini beradi.
Amazon Studios va Prime Video vitse-prezidenti Mayk Hopkinsning ma'lum qilişiça, MGM filmlar kutubxonasida 4 mingdan köproq film va 17 ming teleşou bor.
Endilikda bitim yopilişi uçun mutasaddi idoralar ruxsatini olişi kerak.
MGM’ning eng yirik aksiyadori AQŞning Anchorage Capital Group xej-fondi hisoblanadi. Oxirgi yillarda xej-fond past körsatkiçlar va mijozlar ketişi sababli bosim ostida qolgandi. Uning sarmoyalari asosiy qismi esa MGM’ga töğri kelgan.
MGM kinofilmlar va teleşoular işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Unga “Rokki”, “Qöziçoqlar sukuti”, Yomğir odami”, “Terminator” kabi maşhur filmlar tegişli. Şuningdek, kinostudiya Danjaq LLC bilan birga britan razvedkasi josusi Jyeyms Bond haqidagi filmlarga egalik huquqiga ega.
Kompaniyaning joriy yil 1-çorakdagi tuşumi 403 mln dollarni, sof daromadi esa 29 mln dollarni taşkil qilgan.












