Joriy yilning 26 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.
Ma'lum qilinişiça, bugungi kunda 1,7 million özbekistonlik çet elda, asosan, Rossiya va Qozoğistonda mehnat qilmoqda. Mamlakat aholisining 55 foizdan ortiği yoşlardan iboratligi hamda yiliga mehnat bozoriga 600 mingga yaqin işçi kuçi kirib kelayotgani mazkur muammoni yanada çigallaştirayotgani ta'kidlangan.
Qayd etilişiça, ayni paytda Rossiyadagi mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan xorijiy fuqarolar soni böyiça Özbekiston birinçi örinda turadi.
Şuningdek, vaqtinçalik mehnat faoliyatiga jalb qiliş böyiça Rossiyaning 26 ta, Qozoğistonning 14 ta iş beruvçi korxonalari bilan hamkorlik şartnomalari, şuningdek, Rossiya örta maxsus va oliy ta'lim muassasalari bilan Özbekiston fuqarolariga kasbiy ta'lim beriş, uni baholaş hamda rus tiliga örgatiş işlari böyiça ikki davlat hududida amalga oşirişga qaratilgan bitimlar imzolangan.
Xorijda mehnat migrantlarini huquqiy, moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş bilan boğliq bir qança muammolar yuzaga kelmoqda. Xususan, iş beruvçining şartnoma şartlarini bajarmaslik, iş haqini keçiktiriş yoki tölamaslik, mehnat va migratsiya talablariga rioya qilmaslik, soliqdan qoçiş uçun migrantlarni norasmiy işlatiş holatlari köp kuzatilmoqda.
Yiğilişda mehnat migrantlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş maqsadida «Taşqi mehnat migratsiyasi töğrisida»gi qonunni qabul qilişni tezlaştiriş masalasi körib çiqilgan.
Avvalroq, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Rossiyaga işlagani borgan özbekistonliklar yaşaş şaroitlari va maoşlar va'da qilingandek emasligi, xodimlar manfaatiga zid mehnat şartnomalari tuzilayotganini ta'kidlaşgandi.











