Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 may kuni ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş mavzusida videoselektor çaqirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Davlat rahbariga köra, sönggi 3 yilda köp kvartirali uy-joylar soni 2 baravarga oşgan, lekin şirkatlarning muddati ötgan kreditorlik qarzi 1,4 trillion sömga yetgan.
«Joriy yilda işga tuşirilgan «Şaffof quriliş» tizimi orqali pudratçilarni oçiq-oşkora tanlab oliş natijasida, bir oyning özida investitsiya dasturlari doirasida 400 milliard sömdan ziyod mablağlar iqtisod qilindi. Umuman, qurilişda korrupsiyani yöqotsak, natijamiz butunlay boşqaça böladi.
Kun tartibidagi asosiy masala – sönggi 3 yilda umumiy maydoni 41 million kvadrat metrli 155 mingta xonadon foydalanişga topşirilib, köp kvartirali uy-joylar soni 2 baravarga oşdi. Yangi uy-joylar va zamonaviy massivlar sonining oşişi bilan, köp qavatli uy-joylarga xizmat körsatişning dolzarbligi ortib bormoqda.
Ötkazilgan sörovlarda 35 foiz aholi köp-qavatli uy-joylarga körsatilayotgan xizmatlardan mutlaqo norozi, 65 foiz aholi şirkatlar işini amalda sezmayapti.
Şuningdek, şirkatlarning muddati ötgan kreditorlik qarzi 1,4 trillion sömdan ortib (şundan 277 milliard sömi muammoli kredit), 950 tasining (25 foiz) moliyaviy holati öta oğir ahvolda.
Bankdan balandparvoz gaplar bilan pul olişni örgandik, endi qaytarişni ham örganaylik. Har bir hokim bu masala uçun boşi bilan javob beradi. 1,4 trln ham qaytsa, öşa hududning özida qoldiramiz, Toşkentga olib kelmaymiz.
Qariyb 70 foiz şirkatlarning kredit muddatlari hattoki 3-4 martadan uzaytirib berilgani bilan uşbu imtiyoz berilgan kreditlarning 52 foizi söndirilmayapti.
Muammoli kreditlarning asosiy qismi Toşkent şahri (90 milliard söm), Andijon (35 milliard söm), Toşkent viloyati (28 milliard söm), Farğona (27 milliard söm), Surxondaryo (26 milliard söm) va Samarqandga (22 milliard söm) töğri keladi», – prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.








