Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi tomonidan ta'lim muassasalari bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş borasida örganişlar olib bordi. Örganişlar nafaqat örta, balki oliy ma'lumotli yoşlar bandligini ta'minlaşda ham hal qilinişi zarur bölgan ayrim masalalar borligini körsatgan.

«Respublikamizda 2021 yil 1 yanvar holatiga mavjud bölgan 19,1 mln nafar mehnat resursining 14,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Şundan 13,2 mln nafari öz iş-joyiga ega, 1,6 mln aholi bandligini ta'minlaş talab etiladi. Ulardan 805,2 ming kişidan ortiği 16-30 yoşdagi işsizlar.

Şuningdek, mehnat bozoriga 2021 yilda jami 560 ming bitiruvçi kirib keladi. Ya'ni oliy ta'lim muassasalarini 103,1 mingdan ortiq, umumta'lim maktablarini 440 mingga yaqin, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 18 mingdan ziyod yoşlar tamomlaydi. Natijada 2021 yilda yoşlar bandligini ta'minlaş uçun ehtiyoj 1 365,2 ming nafarni taşkil qiladi.

Respublikada 131 ta OTMda bakalavriatda 134 ta ta'lim yönalişi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan taşkil qilingan. Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida yoşlarni oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasini 2030 yilga qadar 50 foizga yetkaziş belgilangan», deyiladi Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi hisobotida.

Şuningdek, hisobotda keltirilişiça, hozirda respublikada aynan tarmoqlar kesimida kvalifikatsion va oliy ma'lumotli kadrlarga bölgan talabni örganiş tizimi joriy etilmagan.

Oliy öquv yurtlariga qabul kvotalarini belgilaş va kadrlar tayyorlaşda mehnat bozori talablariga yetarliça e'tibor qaratilmayotgani oqibatida aksar bitiruvçilar öz kasbi böyiça işlamaydi. “Yoşlar daftari”ga kiritilgan öğil-qizlarning 27,9 ming nafari işsiz bitiruvçilardan iborat.

Bundan taşqari, taklif qilinayotgan maoş katta mablağ sarflab kontrakt asosida ta'lim olgan bitiruvçilarni qanoatlantirmasligi ta'kidlangan.

«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladigan Yagona milliy mehnat tizimida korxona va taşkilotlarda kadrlarga bölgan ehtiyoj bilan boğliq jami 116 mingdan ortiq böş iş örni qayd etilgan (Toşkent şahrida 23 417, Toşkent viloyatida 21 449, Andijon viloyatida 10 634, Farğona viloyatida 9 460, Samarqand viloyatida 8 644, Buxoro viloyatida 8 524).

Biroq yoşlar tizimdan yetarli darajada xabardor emas. Qolaversa, mavjud böş iş örinlarida taklif qilinayotgan maoş katta mablağ sarflab kontrakt asosida ta'lim olgan bitiruvçilarni qanoatlantirmaydi. Jumladan, ayni paytda oliy ma'lumot talab etadigan 19 177 ta böş iş örni uçun 1 mln sömgaça, 26 754 ta böş iş örni uçun 2 mln sömgaça maoş taklif etilyapti.