Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining yuridik boşqarmasi boşliği Kamola Şukurova Kun.uz bilan suhbatda qonun loyihasi işlab çiqilgani va unda nimalar nazarda tutilayotgani haqida ma'lumot berdi.

«Afsuski, mehnat migratsiyasi sohasida huquqiy tartibga solinmagan jihatlar mavjud. Bu – mehnat migratsiyasiga ança yillar davomida panja ortidan qaralgani bilan boğliq.

Hozirgi kunda Özbekiston Respublikasi prezidentining 6012-sonli farmoni asosida «Mehnat migratsiyasi töğrisida»gi qonun loyihasi işlab çiqildi.

Mazkur qonun loyihasida fuqarolarning pensiya ta'minoti bilan boğliq qator holatlar, mehnat migrantlarining huquqlari, ularni xorijga yuborayotgan yuridik şaxslarning huquq va majburiyatlari, iş beruvçining öz majburiyatlarini bajarayotgani yuzasidan monitoring qilişga oid normalar kiritilgan», – dedi Kamola Şukurova.