Futbolçi Yevropa çempionatidan keyin klubning yangi futbolçisi sifatida taqdimot qilinadi.
Avvalroq Alaba va uning vakillari «Real»ga transfer amalga oşişi evaziga katta miqdorda bonus olişi xabar qilingandi. Agent Pini Zaxavi, futbolçining otasi Jorj Alaba va futbolçining özi transferga rozilik bergani uçun 20 mln yevro olişi aytilgandi. Şu bilan birga, Alabaning yangi jamoasidagi yillik maoşi miqdori soliqlar çiqarib taşlangan holatda 10 mln yevroga teng böladi.
Alaba 12 yil davomida «Bavariya»da töp surdi. U bu klubda eng köp vaqt öynagan xorijlik futbolçi sifatida rekord qayd etgan.
Myunxenliklar klubi u erkin agent maqomida klubni tark etganini e'lon qilgan.
«Bavariya» safida Alaba 10 marta Germaniya çempioni bölgan, olti marta – mamlakat Kubogini, beş marta – Superkubokni qölga kiritgan.
Şuningdek, uşbu himoyaçi Çempionlar ligasida, UYeFA Superkubogida va klublar örtasidagi jahon çempionatida ikki martadan ğolib bölgan.
Ma'lumot uçun, «Real» bu yozda ikki markaziy himoyaçisi bilan xayrlaşişi kutilmoqda, Serxio Ramosning şartnomasi yakunlangan va tomonlar yangi şartnomaga kelişgani yöq, Rafael Varan esa keyingi yil erkin maqomida ketmasligi uçun bu yil sotuvga qöyilişi mumkin.












