Voqea 11 may kuni yuz bergan va bu haqda endigina ma'lum böldi. Ta'kidlanişiça, 7 amerikalik harbiy sexga bostirib kirib, u yerni közdan keçirib çiqqan va işçilarga qurol bilan tahdid qilgan. Uşbu holat sexdagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan.

Söngra harbiylar yanglişganlarini anglab, voqea joyini tark etişgan. Tsex egalarining aytişiça, askarlar amerikalik bölgan, çunki bir-birlari bilan ingliz tilida gaplaşgan.

Ma'lumotlarga köra, sex Plovdivdagi aerodrom yaqinida joylaşgan bölib, hozirda uşbu hududda keng kölamli harbiy maşğulotlar ötmoqda.

Tsex egalari uşbu holat yuzasidan harbiy politsiyaga murojaat qilişgan, biroq hanuzgaça birorta javob olişmagan. Mudofaa vazirligi esa 28 may holatiga köra, birorta taşkilot uşbu voqea yuzasidan şikoyat olmagani va tekşiruv tugamagunça izoh bera olmasligini aytgan.

AQŞning Bolgariyadagi elçixonasi esa bu hodisa haqidagi ma'lumotni 29 may kuni olganini ma'lum qilgan.

«Biz uşbu hodisaga amerikalik harbiylar aloqadorligini tergov qilmoqdamiz va tergov bilan töliq hamkorlik qilamiz», deb aytilgan elçixonada.

Aprel oxirida Bolgariyada 11ta davlat, jumladan, AQŞ harbiylari iştirokida 1 maydan 20 iyungaça maşğulotlar ötişi ma'lum qilingandi.