Oldinroq Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti çet tillari fakulteti talabasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) aniqlangani haqida xabar bergandik. 27 maydan boşlab mazkur fakultet talabalari öqiş jarayonini onlayn (masofaviy) tarzda davom ettirişayotgandi.
29 may kuni çiqarilgan institutning matbuot xizmati axborotnomasiga köra, OTMda masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgan fakultetlar soni 4 taga yetgan. Institutning 4-öquv binosidagi fakultetlar - çet tillari va jismoniy madaniyat fakultetlari, şuningdek, 9-öquv binosidagi fakultetlar - tarix va tabiiy fanlar fakultetlarida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida öquv jarayoni 29 may sanasidan boşlab onlayn (masofaviy) öqitiş şaklida olib boriladi.
Eslatib ötamiz, oldinroq Beruniydagi 1-, 54-umumta'lim maktablari, Nukusdagi «Progress» ta'lim va rivojlantiriş maktabi va 34-, 15-sonli maktablarda ta'lim masofaviy şaklga ötkazilgan edi. Şundan keyin QQDUning koronavirus sabab masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetdi. Yaqinda TATU Nukus filialida öqiş masofaviy şaklga ötkazilgandi.









