Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida yaşovçi fuqaro G.B. Nukus davlat pedagogika instituti fakultetlaridan birida 2020/2021 öquv yili uçun öqişga qabul qiliş böyiça kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarining rasmiylaştirilişidan norozi bölib Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga murojaat qilgan.
U öz şikoyatida Nukus davlat pedagogika institutidagi fakultet qabul komissiyasi mas'ul xodimlari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon orqali öqişga qabul qiliş jarayonlarida ayrim abituriyentlarga töplagan ballariga qöşimça ballar yozilgani hamda imtihon natijalarini e'lon qilişda belgilangan tartibga rioya etilmaganini bildirgan.
Agentlik tomonidan murojaatda körsatib ötilgan holatlarda korrupsiya va manfaatlar töqnaşuvi alomatlari mavjud bölişi mumkinligi inobatga olinib, holat yuzasidan örganilişi uçun töplangan hujjatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasiga yuborilgan.
Prokuratura tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv davomida kasbiy (ijodiy) imtihon orqali öqişga qabul qiliş jarayonlarida komissiya raisi va komissiya a'zolari tomonidan imtihon ötkaziş qaydnomalariga soxtalaştiriş yöli bilan yolğon ma'lumotlar kiritilgani aniqlangan.
«Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoyat işi materiallari tergovga tegişliligi böyiça içki işlar organlariga yuborilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan kelgusida qöşimça axborot taqdim etiladi», deyiladi agentlik ma'lumotida.











