Ayni paytda hukmron partiya içida «ulkan inqiroz» sifatida ifoda etilayotgan uşbu masalaning boşlanğiç nuqtasi va u qayergaça borişi mumkinligi borasida turliça fikrlar yangramoqda.

Xöş, Pekerning videolari e'lon qilingan paytdan boşlab ayni kunga qadar nimalar sodir böldi?

Sedat Peker kim?

1990-yillardan beri «mafiya operatsiyalari»ning eng muhim nomlaridan biri bölgan Sedat Peker muqaddam uyuşgan jinoyatçilik taşkiloti yetakçisi sifatida sudlangan va 2014 yilda qamoqdan çiqqan.

U 1997 yil Rizeda kontrabandaçi ekanligi aytilgan Abdulla Töpçini öldirişda ayblanadi va sudda oqlanadi. Biroq u bilan birga sudlangan ikki kişi Töpçini öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Şundan söng Peker Ruminiyaga qoçib ketadi, ammo uşbu barça ayblovlar böyiça oçilgan tergov natijasida u 1998 yilning avgustida Turkiyaga keltiriladi. Köplab jinoyatlar uçun unga qarşi ötkazilgan sud jarayonlaridan söng 1999 yil may oyida ozod qilinadi. Uşbu davr mobaynida u sakkiz oy qamoqda böladi.

Peker 2000-yillar boşlarida uyuşgan jinoyatçilik taşkilotlariga qarşi olib borilgan keng kölamli operatsiyalar natijasida 2005 yil 12 martda Istanbulning Kontrabanda va uyuşgan jinoyatçilik bölimi tomonidan olib borilgan «Kapalak» operatsiyasida hibsga olinadi.

Sud işi 2007 yil 31 yanvarda yakunlanib, Peker 14 yil 5 oy 10 kunlik qamoq jazosiga hukm qilinadi. «Qurolli terroristik taşkilot tuziş»da ayblangan yana bir işda Peker bir yil-u uç oylik qamoq jazosiga, Ergenekon işi böyiça 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

2014 yil 10 martda maxsus vakolatli sudlar yopilib, qamoqda saqlaş muddati 10 yildan 5 yilgaça qisqartirilgandan söng, Ergenekon işi böyiça sudlanuvçilarni ozod qiliş töğrisidagi buyruqlar jinoiy işlar böyiça yuqori sudlar tomonidan birin-ketin bekor qilinadi.

Bu doirada Şarqiy Perinçek, Kamol Kerinçsiz va Tunjay Özkan kabi ismlar bilan bir qatorda, garçi unga har xil jinoyatlarda hukm çiqarilgan bölsa-da, Peker ham ozod qilinadi.

2015 yil 1 noyabrdagi umumiy saylovlar oldidan Peker oktabr oyida Rize şahrida «Terrorizmga la'nat» şiori ostida yiğilgan odamlar qarşisida nutq qiladi. Uning «daryo-daryo qon tökamiz» degan gapi reaksiyalarga sabab böladi.

2016 yil boşida komendantlik soati va zöravonlikni tugatiş uçun «Biz bu jinoyatning iştirokçisi bölmaymiz» degan bayonot bilan çiqqan Tinçlik akademiklariga Peker «Daryo-daryo qoningizni tökamiz va qoningizda duş qabul qilamiz» degan gaplar bilan tahdid qiladi.