10ta vaznning 6tasida oltin medal özbekistonlik sportçilarga nasib etdi. Özbekiston terma jamoasining 3 nafar boksçisi Abdumalik Xalakov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov yarim finalda mağlubiyatga uçrab, bronza medallar bilan kifoyalanişgandi.
Finallar kunida dastlab 49 kg.gaça vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov qozoğistonlik Daniyal Sabitni 5:0 hisobida mağlub etib, çempionlikni nişonladi.

-52 kg vazn toifasida Şahobiddin Zoirov hindistonlik nomdor raqibi Amit Pangalni 3:2 hisobida mağlub etdi.

2018 yilgi Osiyo öyinlarida, 2019 yilgi jahon çempionati va Osiyo çempionatlarida ğolib bölgan Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg) esa kutilmaganda möğulistonlik Xarku Enx-Amarga 3:2 hisobida mağlub böldi.
-69 kg vazn toifasidagi finalda Bobo-Usmon Baturov va Abilayxon Jusupov özaro töqnaş keldi. 1-raundda qozoğistonlik boksçi jarohat sabab jangni davom ettira olmasligi ma'lum böldi va ğalaba özbekistonlik sportçiga berildi.
-75 kg vazn toifasida Saidjamşid Ja'farov qozoğistonlik Abilxan Amanqul ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozondi.

-81 kg vazn toifasidagilar örtasidagi finalda esa Dilşodbek Rözmetov Eron vakili Meysam Geşlabini 3:2 hisobida mağlub etdi.
Osiyo çempionatining markaziy jangi +91 kg vazn toifasi vakillari Bahodir Jalolov va Kamşibek Kunkabayev örtasida bölib ötdi. Unda özbekistonlik boksçi Qozoğiston vakilini 5:0 hisobida mağlub etdi va Osiyo çempionati oltin medaliga ega çiqdi. Bu Bahodir Jalolov va Kamşibek Kunkabayev örtasidagi özaro 6-jang edi. Özbekiston vakili 4:2 hisobida ustun kelmoqda.

Turnirda uçta vazn toifasida ğoliblik Möğuliston vakillariga nasib etdi - Enh-Amar (56 kg), Tsendbaatar (60 kg), Çinzorig (64 kg), şuningdek, hindistonlik Sanjit (91 kg) ham oltin medalga ega çiqdi.









