Moliya vaziri örinbosarining ta'kidlaşiça, ayni paytda davlatdan ijtimoiy nafaqa oluvçi oilalar soni 1 million 260 mingtani taşkil etmoqda.
Özbekistonda minimal iste'mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida moliya vaziri örinbosari Jamşid Abruyev respublika miqyosida kam ta'minlangan oilalarga körsatilayotgan ijtimoiy yordam masalalariga töxtalib ötdi.
«2015 yilda davlat budjetidan ijtimoiy himoya uçun ajratilayotgan mablağlar miqdori Yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmiga nisbatan uluşda 0,7 foizni taşkil etgan. 2020 yilda esa uşbu körsatkiç 1,4 foizga yetdi, ya'ni davlat budjetidan ijtimoiy himoya sohasiga sarflanayotgan mablağlar 2 baravar oşganini kuzatişimiz mumkin.
Masalan, öşa kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalarga qaytadigan bölsak, 2020 yilning boşida ijtimoiy nafaqa oluvçi oilalar soni 560 mingtani taşkil etardi. Bugungi kunda ularning soni 1 million 260 mingtaga yetdi. Bu degani respublika miqyosida har olti oiladan bittasi, çekkaroq hududlarda esa har tört oiladan bittasi ijtimoiy nafaqa şaklida davlatdan kömak olib turibdi», deya ta'kidladi Jamşid Abruyev.
Avvalroq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov olti kişilik oila bir oyda eng kamida 2 million 640 ming söm daromad olişi kerakligi haqida aytib ötgandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston aholisining minimal iste'mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga köra, kişi boşiga bir oyda 440 ming söm etib belgilandi.












