«Everton» boş murabbiyi Karlo Ançelotti Madridning «Real» klubini boşqaradigan böldi.

«Karlo Ançelotti keyingi uç mavsumda asosiy jamoaning yangi boş murabbiyi böladi», — deyiladi «Real» matbuot xizmati xabarida.

Ançelotti «Real»ni 2013-2015 yillarda ham boşqargandi. U öşanda birinçi mavsumida klubni Çempionlar ligasi ğolibiga aylantirgan, bu çempionlik madridliklar uçun tarixdagi 10-çempionlik, 2002 yildan buyon birinçisi bölgandi. Uning boşqaruvi davrida jamoa klublar örtasidagi jahon çempionati, Ispaniya Kubogi va Superkubogida ham ğolib bölgan.

Karlo boş murabbiylikdan ketgaç «Bavariya» va «Napoli» jamoalarida işlagan, 2019 yildan buyon «Everton»ni boşqarib kelayotgandi.

Yakunlangan mavsumda «Real» Ispaniya çempionatida «Atletiko»dan ortda qolib ikkinçi örinni egalladi. «Qaymoqranglilar» 38 öyinda 84 oçko jamğardi va sönggi turgaça çempionlik uçun kuraşda qoldi, ammo «matrasçilar» ham hal qiluvçi turda öz öyinida ğolib bölib, birinçi örinni saqlab qoldi. Çempionlar ligasida «Real» yarim finalgaça yetib bordi va ikki uçraşuv natijasiga köra «Çelsi»ga mağlub böldi (1:1, 2:0). Madridliklar Ispaniya Kubogini 1/16 finaldayoq tark etişgandi.

Mavsum yakunida 2019 yildan buyon jamoani boşqarib kelgan Zinedin Zidan öz xohişiga köra iste'foga çiqdi. OAVda uning örniga da'vogar nomlar qatorida Antonio Konte, Massimiliano Allegri, Raul, Yoaxim Lyov va Maurisio Poçettino nomzodlari sanalgandi.