“Xudo bergan şunça suvimiz turibdi, lekin xalqqa yetkazib bera olmayapmiz. Quyoşdan energiya olyapmiz, endi bu tomonini ham töğrilab qöyaylik. Suv ta'minotini bosqiçma-bosqiç amalga oşirişimiz kerak. “Töpalang” suv ombori katta qiyinçiliklar bilan barpo qilingan, endi Surxondaryo xalqiga xizmat qilişi kerak. [Boş vazir örinbosari Oçilboy] Ramatov, bu loyihaga, ya'ni “Töpalang”dan aholiga suv yetkazib berişga şaxsan javobgar bölasiz.

Bu xalq uçun ajratilayotgan mablağ, har bir sömi uçun sörov qattiq böladi. Şunça qiyinçiliklarga qaramay, bu mablağni topib beryapmiz. Agar pandemiya bölmaganida edi, imkoniyatlarimiz yanada köproq bölardi. Koronavirusga qarşi kuraşga 80 trln söm mablağimiz ketdi. Lekin bu pulga açinmayman, xalqimizni imkon qadar asrab qoldik. Demak yangi loyihalar uçun ajratilayotgan bu mablağlarning sörovi böladi. Oqsoqollar, “Bolam, nima qilyapsan?” deb rahbarlarni tergab turinglar.

Endi halol işlagan rahmat oladi, öğrilik qilgan la'nat oladi. Öz hududida la'nat olib, şarmanda böladi”, – dedi prezident.

Eslatib ötamiz, davlat rahbarining Surxondaryoga taşrifi çoğida aholi murojaatlari orasida suv ta'minoti muammosi köp kötarilgan, prezident bu masala yeçimi sifatida “Töpalang” suv omboridan bosqiçma-bosqiç suv tortib keliş rejalaştirilayotganini bildirgan edi.

Loyiha hayotga tatbiq etilganidan söng 2,5 mln kişilik Surxondaryo viloyati aholisi toza içimlik suvi bilan ta'minlanadi.