Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov AOKAdagi brifingda metro qurilişi sababli daraxt kesilişi masalasida izoh berdi.
Ayni paytda yer usti halqa metro liniyasi qurilişining uçinçi – yakunlovçi bosqiçi Sergeli–Qöyliq yönalişida jadal davom ettirilmoqda.
«Tabiiyki, ulkan bunyodkorlik maydonida qaysidir daraxt yoki butani köçirişga töğri keladi. Yana bir tomoni – hamma daraxtlarni ham köçirib bölmaydi.
Sergeli–Qöyliq yönalişida metro qurilişida ana şunday holat yuzaga kelganda qanday tartib amal qilişi Özbekiston prezidentining joriy yil 23 aprelda Toşkent şahrida barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar faoliyati, şuningdek, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan tanişiş jarayonida bergan topşiriqlari bayonida körsatib ötilgan.
Unga muvofiq, mazkur hududda joylaşgan örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni köçirişga, köçiriş imkoni bölmaganda, istisno tariqasida kesişga ruxsat berilgan.
Bunda, moratoriy talablaridan kelib çiqib, kesiladigan har bir daraxt uçun kompensatsiya sifatida 10 tup qimmatligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bölmagan köçatlarni ekiş va ularni ikki yil davomida parvarişlaş majburiyati yuklatiladi.
Şu munosabat bilan Davlat ekologiya qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi mutasaddilari soha mutaxassislari va ekolog-inspektorlarni jalb qilgan holda, quriliş rejalaştirilgan katta hududdagi daraxtlarni töliq inventarizatsiyadan ötkazişdi.
Unga köra, yer usti metrosining Mirobod tumanidan ötadigan qismida 66 ta, Sergeli tumanidan ötadigan qismida 168 ta, Yangi hayot tumanidan ötadigan qismida esa 551 ta (jami 785 ta) daraxt borligi aniqlandi.
Bularning orasida safora, terak, arça, tut, yonğoq, örik, eman, şumtol, qayrağoç, çinor singari daraxtlar bor. Ularni qayerga köçiriş mahalliy tuman hokimliklari bilan, qanday köçiriş esa biolog olimlar bilan maslahatlaşilmoqda. Maqsad bitta — imkon qadar barçasini saqlab qolişdan iborat.
Yana tabiiy savol tuğilişi mumkin: baribir bir neça daraxtni kesişga töğri kelganda – uşbu yoğoç xomaşyosidan kim, qanday foydalanadi? Bu savol ham ekologlar tomonidan quriliş taşkilotlari va hokimliklar oldiga qöyilgan. Masalaning yeçimi sifatida esa avval daraxtni Obodonlaştiriş boşqarmasi balansiga ötkaziş va şundan keyin yoğoçni yo hunarmandlarga taqdim etiş, yoki boşqarmaning zaruriy ehtiyojlari uçun işlatiş rejalaştirilmoqda», – dedi Ozod Rajabov.












