Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar, töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan qizlar, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va boşqa toifadagi xotin-qizlar Respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida tavsiyanomaga ega böliş uçun tanlovda iştirok etişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 338-sonli qaroriga asosan, Respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida oliy ma'lumot oliş istagida bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda iştirok etişi uçun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
- kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta'minlangan oila deganda, oilaning har bir a'zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 0,527 baravaridan köp bölmagan miqdorda töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromadga ega bölgan oila tuşuniladi;
- töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.









