«Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti erta nikoh va erta tuğuruq sabablarini aniqlaş böyiça sotsiologik tadqiqot ötkazdi. Bu haqda institut direktori örinbosari Hamid Abdurahmonov 3 iyun kungi brifingda ma'lum qildi.
Tadqiqot erta nikoh va erta tuğuruq holatlari eng köp qayd etilayotgan hududlar – Samarqand viloyatining Urgut va Samarqand tumanlari hamda Samarqand şahrida, 2021 yil fevral oyida ötkazilgan.
Unda erta turmuş qurgan va erta tuğuruqni boşidan keçirgan 250 nafar ösmir qiz va yoş kelinlar iştirok etgan.
Erta nikoh sababçisi – ota-onalar
Natijalarga köra, erta turmuşga çiqqan kelinlarning 70 foizi erta nikohning asosiy sababçisi sifatida ota-ona va oila a'zolarini körsatgan.
26 foiz iştirokçi erta turmuş qurganini sevgi-muhabbat bilan izohlagan. 3,4 foizi bu homila bilan boğliq bölganini, 1,5 foizi esa yoş erga tegişiga diniy qaraşlari sabab bölganini bildirgan.
«Erta turmuş quriş oqibatida 38,2 foiz ösmir qizlarning soğliği, 22,9 foizida ota-onasi va boşqa oila a'zolari bilan munosabatlar yomonlaşgan.
25,2 foizi iqtisodiy qiyinçiliklarga duç kelgan. Şuningdek, 9 foiz holatda erta turmuş kelinning yaqin döstlari bilan aloqalari uzilişiga olib kelgan», – dedi Hamid Abdurahmonov 3 iyun kuni AOKAda bölib ötgan brifingda.
Yoş turmuşga çiqqanlarning katta qismi töydan keyin öqişini davom ettirmagan
Uning sözlariga köra, erta turmuş quriş yoşida ösmirlar maktab, kollej yoki litseyda öqiyotgan böladi, şundan kelib çiqib, respondentlarga «Oila qurganingizdan keyin öqişingizni davom ettirdingizmi?» degan savol berilgan.
Savolga javoban, bor-yöği 37,6 foiz yoş kelin töydan keyin öqişini davom ettirganini ma'lum qilgan. Respondentlarning 25,6 foizi öqişni davom ettirişga eri ruxsat bermaganini, 17,1 foizi öqişni davom ettirişni özi xohlamaganini, 13,3 foizi esa öqişiga qaynona/qaynotasi qarşi bölganini aytgan.
Yoş erga tekkan kelinlarning 13 foizi homiladorlik va tuğuruq davrida zarur tibbiy yordamni umuman olmagan

















