3 may kuni Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlariga maxsus uskunalar tarqatildi. Ular içida imkoniyati çeklangan bolalar uçun ortopedik yuriş trenajyorlari, bolalarda sezuvçanlikni rivojlantiradigan rangli töp bilan töldirilgan quruq hovuz, bolalar uçun massaj va gimnastika matraslari bor.


"Maktabgaça ta'lim yoşidagi bolada muayyan rivojlaniş kasalliklari bölsa, bu bolaga kompleks tarzda yordam beriş kerak. MTTga tarqatilgan uskunalar, ya'ni korreksion, pedagogik va reabilitatsiya moslamalari yordamida buning imkoni tuğildi. Ya'ni, endi imkoniyati çeklangan bolaga MTTda ham yordam körsatilib, ahvoli yaxşilanişiga kömaklaşiş mumkin”, dedi Maktabgaça ta'lim vazirligi bolalar salomatligi, soğlom ovqatlantirişni ta'minlaş va ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği Umida Muhiddinova.

Qayd etilişiça, “Toşkent şahrida korreksion-pedagogik va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlangan davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan MTTlarini taşkil qiliş dasturi”ning 1-bosqiçi 2021 yil martda ötkazilgan. Unda Toşkent şahridagi 17ta köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan MTTga zamonaviy asbob-uskuna, didaktik material, maxsus öyinçoqlar yetkazilgan.


Umida Muhiddinovaning ma'lum qilişiça, keyingi bosqiçlarda Toşkent şahridagi davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan MTTni maxsus uskunalar bilan jihozlaş rejalaştirilgan. Mamlakat böyiça 70ta ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta'lim taşkilotlari yil oxirigaça maxsus jihozlar bilan töldirilişi kutilmoqda.












