2021 yil 2-5 iyun kunlari Sankt-Peterburg şahrida bölib ötgan XXIV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi (PXIF-2021) Özmilliybank delegatsiyasining iştiroki doirasida 4 iyun kuni “VEB.RF” Davlat rivojlaniş korporatsiyasi rahbariyati – rais örinbosari, boşqaruv a'zosi D.V.Algulyan bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Kun tartibida joriy özaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi, yangi ösiş nuqtalari va 2021 yilga birgalikda moliyalaştiriş uçun istiqbolli loyihalar belgilandi. Natijada, “Özbekiston temir yöllari” AJning “Demixov maşinasozlik zavodi” OAJ va “Metrovagonmaş” AJ tomonidan işlab çiqarilgan 7ta elektropoyezd va 2ta relsli avtobuslarni xarid qiliş böyiça yangi loyihani birgalikda moliyalaştiriş töğrisidagi kelişuvga erişildi.
Loyihaning qiymati 4,8 mlrd. rublga baholandi, moliyalaştiriş Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining amaldagi Rossiya eksportini subsidiyalaş dasturi doirasida amalga oşiriladi.
Rublda moliyalaştirişni jalb qiliş ŞHT hududida milliy valutalardan foydalanişni kengaytiriş masalasiga birgalikda yondaşiş töğrisidagi “VEB.RF” taşabbusini amalga oşirişning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Mazkur loyihani moliyalaştirişga “Rossiya eksport markazi” AJning (“Roseksimbank” AJ va “EKSAR” AJ) tuzilmaviy bölinmalarini jalb qiliş rejalaştirilmoqda, bu esa eksport şartnomalarining 100 foiz qiymatini moliyalaştiriş imkonini beradi.
Poyezdlarni yetkazib beriş aholiga qöşimça qulayliklarni yaratadi, mamlakat transport infratuzilmasi rivojlanişiga xizmat qiladi, respublikaning yaqin mintaqalari, jumladan, Toşkent, Toşkent viloyati va Farğona vodiysi örtasida uzluksiz va doimiy temir yöl qatnovlarini ta'minlaydi, şuningdek, yangi işçi örinlarini yaratadi.
Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi dasturi böyiça “VEB.RF” Özmilliybankning moliyalaştirişni imtiyozli subsidiyalaş doirasidagi asosiy hamkori hisoblanadi. Uçraşuv paytida ötgan yil yuqori natijalar berganligiga alohida urğu berildi, unda Rossiyada işlab çiqarilgan beşta zamonaviy magistral elektrovoz va yöl-kommunal texnikasini yetkazib berişni nazarda tutadigan loyihalar doirasida tegişli ravişda 14,2 mln.yevro va 5.65 mlrd. Rossiya rubli summasiga bir qator qarz şartnomalari tuzildi. Alohida e'tibor “Roseksimbank” AJ iştirokida Rossiya rublida birinçi imtiyozli kredit liniyasini oçişga qaratilgan. Şuningdek, ikki tomonlama hamkorlik doirasida ötgan yillarda gidroenergetika, issiqlik energetikasi, transport va şahar infratuzilmasini rivojlantiriş sohasida umumiy qiymati 206 mln. yevro bölgan 5tadan loyiha moliyalaştirilgan.












