Ma'lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ötkazilgan «Qoradori-2021» tezkor profilaktik tadbiri davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan.

Qayd etilişiça, tadbir davomida Kitob tumani istiqomat qiluvçi fuqaro Yo.Q.ning yaşaş xonadoni belgilangan tartibda közdan keçirilganda, xonadon tomorqasida 7 tup naşa ösimligi va 143 tup köknor ösimligi qonunga zid ravişda parvarişlab kelayotgani aniqlangan. 

Şuningdek, uşbu tumanda istiqomat qiluvçi fuqaro T.G.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, yaşaş xonalarida maxsus yoğoç qutilardan tayyorlangan idişlarda 7 tup giyohvand ösimliklar parvarişlab kelayotgani aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan har ikki şaxsga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.